Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Mening ijod mahsulim» g‘oliblari taqdirlandi

«Mening ijod mahsulim» g‘oliblari taqdirlandi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

3-yanvardan buyon davom etayotgan «A’lo ta’til» loyihasi doirasida «Mening ijod mahsulim» o‘quvchi-yoshlar media-festivalining respublika bosqichi yakunlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

6 yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan media-festivalning saralash bosqichidan o‘tgan 44 nafar o‘quvchi o‘zi tayyorlab kelgan ijod mahsuli bilan ishtirok etdi. Barcha yo‘nalishdagi ijod namunalari respublikaning turli hududlaridagi maktablar va o‘quvchilar hayotidan hikoya qiladi. Taqdim etilgan ijod mahsullarini soha mutaxassislari baholadilar.

— O‘quvchi-yoshlar media-festivali birinchi marta o‘tkazilishiga qaramay, unda ishtirok etish istagini bildirgan o‘quvchilar soni 1786 nafarni tashkil etdi, — deydi Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchi va yoshlar tashkilotlari bilan ishlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Aziz Bahodirov. — Unda 8-11 sinf o‘quvchilari, ya’ni 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

«Eng yaxshi ijtimoiy rolik» yo‘nalishida Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Aysuluv Baltamuratova, «Eng yaxshi mediaishlanma» yo‘nalishida Xorazm viloyatidan Javohir Shomuratov, «Eng yaxshi targ‘ibot katalogi» yo‘nalishida farg‘onalik Qilichbek Qurbonov, «Eng yaxshi maktab gazetasi» yo‘nalishida Sirdaryo viloyatidan Yorqinjon Hayitboyev, «Eng yaxshi radioeshittirish» yo‘nalishida Toshkent shahridan Nasiba Abdullayeva g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ishtirokchilar uchun Toshkent shahridagi INHA universiteti o‘qituvchilari, «Madaniyat va maʼrifat», «MY5» hamda «Sevimli» telekanallari muharrirlari tomonidan master-klass tashkil etildi.

G‘olib va sovrindorlarni Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev diplom, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring