Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Messi 2018-yilda erishishi mumkin bo‘lgan 5 tarixiy natija

Messi 2018-yilda erishishi mumkin bo‘lgan 5 tarixiy natija

Lionel Messi.

Foto: «Mundo Deportivo»

Argentina terma jamoasi va «Barselona» hujumchisi Lionel Messi yangi yilda bir qancha rekordlarni yangilashi va tarixiy natijalarni qayd etishi mumkin.

Yevropa chempionlar ligasida 100 gol

Argentinalik futbolchi bu natijaga ancha yaqin kelib qolgan: hozircha uning hisobida YChLda 97 gol bor. Yevrokuboklarda Messi 100 ta gol urishga erishgan (Superkuboklarda 3ta goli bor).

Pichichi va «Oltin butsa»

Messi La Liga va Yevropaning eng yaxshi to‘purari bo‘lish uchun yaxshi imkoniyatni saqlab turipti (17 o‘yinda 15 gol). Agar yana to‘purarlikka erishsa, bu uning beshinchi "Oltin butsa"si bo‘ladi. Yaqqol rekord natija bu.

Nihoyat «Chelsi» darvozasiga gol urishi mumkin

Leo shu vaqtga qadar London klubi bilan kechgan 8 o‘yinda gol ura olmagan. Fevral va mart oyida «Barselona»  YeChL pley-offida «Chelsi»ga qarshi bahs olib boradi. Bu o‘yinlarda Leo «qarg‘ish»dan qutilishi mumkin.

Grivzning afsonaviy rekordini yangilash

«Barselona» hujumchisi Ispaniya chempionatida 364ta gol urdi. Messiga Yevropaning  top-5 chempionatlari to‘purari Grivz (366)ga yetib olishiga atiga 2 gol qoldi.

La Liganing barcha jamoasiga gol urish va Raulni ortda qoldirish

Leoga bitta «Jirona» darvozasiga  gol kiritish qoldi, xolos. Shunda u ushbu mavsmda La Ligada qatnashayotgan barcha jamoalarga gol urgan bo‘ladi. Agar u chempionatning 25-turida buni uddalay olsa, Messi faoliyati davomida gol urgan La Liga ishtirokchi jamoalari soni 36taga yetadi. «Real» afsonasi Raul o‘z vaqtida 35 jamoani «xafa» qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring