Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi «Real»ga qarshi o‘ynamasligi mumkin

Messi «Real»ga qarshi o‘ynamasligi mumkin

Foto: «Sportsdaily.ru»

Lionel Messining Argentina termasiga chaqirilishi «Barselona»ga bosh og‘riq bo‘lishi mumkin. Agar futbolchi 8 va 13-oktyabr kunlari Ekvador va Boliviya bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarda ishtirok etsa, u holda 25-oktyabr kuni Ispaniya chempionati doirasida «Real» bilan uchrashuvni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Chunki Ispaniya hukumati talabiga ko‘ra, Janubiy Amerikadan keladiganlar 14 kunlik karantinni o‘tashi shart. Deylik, Messi Kataloniyaga 14-oktyabr kuni yetib keladigan bo‘lsa, u holda noyabrning oxirlaridagina jamoadoshlariga qo‘shilishi mumkin. Shu tariqa u «Xetafe» (18-oktyabr), «Real» (25-oktyabr) va «Alaves» (1-noyabr) bilan o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.

Ta’kidlanishicha, «Barselona»ning rasmiy vakillari ushbu vaziyatni Argentina federatsiyasi bilan hal qilishga urinmoqda. Negaki, terma jamoa bosh murabbiyi Lionel Skaloni 33 yoshli hujumchining JCh-2022 saralash o‘yinlarida milliy terma jamoa safida o‘ynashini talab qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring