Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Messisiz «Barselona» Ronaldusiz «Real»ni katta hisobda mag‘lub etdi

Messisiz «Barselona» Ronaldusiz «Real»ni katta hisobda mag‘lub etdi

Foto: «sports.ru»

Ispaniyaning futbol bo‘yicha chempionati 10-turida «Barselona» «Real»ni 5:1 hisobda mag‘lub etdi.

«Real» darvozasiga xet-trikni Luis Suares amalga oshirdi, forvard Filippe Koutinyu va xavbek Arturo Vidal bir martadan gol urishdi. «Barselona» darvozasiga yagona golni Marselu kiritdi.

Ushbu match «El-klasiko»da 11 yil ichidagi Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu ishtirok etmagan ilk o‘yin bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Messi 20 oktyabr kuni «Sevilya» bilan bo‘lgan o‘yinda jarohat olgan, Ronaldu esa iyunda «Yuventus»ga o‘tgan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring