Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIB 14 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirdi

MIB 14 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirdi

Foto: «Xabar.uz»

Qo‘shma korxona va Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi o‘rtasida nizo iqtisodiy sudlarda ancha ko‘rildi. Masala yuqori bosqich sudigacha chiqdi ham. Natija shu bo‘ldiki, birinchi bosqich — Toshkent shahar iqtisodiy sudi tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarori kuchda qoldi. Bu yog‘i endi Majburiy ijro byurosining ishi.

Ijro ishi MIBning Yunusobod tuman bo‘limiga kelib tushgach, ijro ishi yuritishni ko‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, nusxasi qarzdorning yuridik manziliga yuborilgan.

Keyingi jarayonlar tezlashib ketdi. Chunki, sud qarori mavjudmi, uni ijro etish shart. Boshqa chora yo‘q. Shu tariqa ijro harakatlari davomida qarzdor qo‘shma korxonadan qarzdorlik — jami 14 mlrd. 792 mln. 478 ming so‘m to‘liq undirilib, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring