Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIB 214 million so‘mdan ziyod qarzdorlikni undirdi

MIB 214 million so‘mdan ziyod qarzdorlikni undirdi

Foto: Majburiy ijro byurosi

Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining 2018-yil 5-fevraldagi javobgar «Surxondaryopaxtasanoat» hududiy filiali MChJdan da’vogar «O‘tkir» ko‘p tarmoqli xususiy firmasi foydasiga jami 214 681 280 so‘m undirish to‘g‘risidagi sud buyrug‘i chiqqan edi.

Uni ijro etish uchun Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo‘limi davlat ijrochisi Xudoyberdi Rajabovga topshirilgan edi. Bu haqda MIB matbuot xizmatidan saytimizga xabar berishdi.

Davlat ijrochisi X.Rajabov tomonidan ushbu qarzdorlik bir kun ichida, ya’ni 2018-yil 7-fevral kuni to‘liq undirib berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring