Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIB: Hukumat huzuridagi Inspeksiyaning tuman bo‘limida o‘g‘rilik aniqladi

MIB: Hukumat huzuridagi Inspeksiyaning tuman bo‘limida o‘g‘rilik aniqladi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) xodimlari qanday holatlarga duch kelmaydi, deysiz. Birini ko‘rib, yig‘laging kelsa, birini ko‘rib, na kulishni va na kuyishni bilmaysan!

MIBning Buloqboshi tuman bo‘limi xodimlari hukumat huzuridagi inspeksiyaning tuman bo‘limida energiya resurslari o‘marilishini tush ko‘ribdimi?!

Afsuski, ayni holatga tushda emas, xushda duch kelindi.

Nima deysizki, tumanning «Chaqar» mahallasi hududida joylashgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Buloqboshi bo‘limida elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib olinibdi!

Hisob-kitoblarga ko‘ra, bunday o‘zboshimchalik ta’minotchi korxonalarga 23 million so‘mga yaqin zarar keltirgan. Zarar-ku qoplanar, biroq peshtoqiga hukumat nomi zarb etilgan ispeksiyada bunday holat yuz berganini «hazm qilish» qiyin baribir.

Eslatib o‘tamiz, roppa-rosa bir yil burun ilgari Bosh prokuratura huzurida bo‘lgan Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi sifatida qayta tashkil etilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring