Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIB qarzdordan 86 million so‘m aliment pulini undirib berdi

MIB qarzdordan 86 million so‘m aliment pulini undirib berdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 06.11.2018-yil kungi ijro varaqasiga asosan, qarzdor F.Hamidullayevdan undiruvchi I.Roziqova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun 06.11.2018-yildan boshlab 1/4 miqdorida aliment undirish belgilangan. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar berdi.

Majburiy ijro byurosi Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan qarzdor F.Hamidullayevdan I.Roziqovaga 1 nafar farzandining voyaga yetgunga qadar bo‘lgan miqdor – 86.120.000 so‘m aliment pulini undirib berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring