Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mikrokreditbank» sobiq raisi qochishga uringanda qo‘lga olindi — OAV

«Mikrokreditbank» sobiq raisi qochishga uringanda qo‘lga olindi — OAV

Illyustrativ foto

ATB «Mikrokreditbank» boshqaruvi sobiq raisi Murodullo Eshmatovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan. Bu haqda «jahon.uz» sayti o‘z manbalariga tayanib, xabar  tarqatdi.

Unga ko‘ra, «bankir» mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab soxtakorligi, o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish va pora olishda gumonlamoqda. Alohida qayd etilishicha, M. Eshmatov o‘ziga nisbatan jinoyat ishi ochilganini bilgach, qochishga urinadi, «...ammo olib borilgan tezkor tadbir natijasida u qo‘lga olingan va vaqtinchalik ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan».

Murodulla Eshmatov  faoliyati davomida Markaziy bank raisi o‘rinbosari, Sirdaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari,  aksiyadorlik tijorat «Xalq banki»  boshqaruv raisi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagani aytiladi.

U 2019 yilning oktyabr oyida «Mikrokreditbank» ATB boshqaruvi raisi etib tayinlangan edi. Ko‘rinadiki, oxirgi ish joyidagi faoliyati to‘rt oyga yetmagan...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring