Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘tgan haftada qariyb 1 milliard so‘mlik chiroyli avtoraqamlar sotildi

O‘tgan haftada qariyb 1 milliard so‘mlik chiroyli avtoraqamlar sotildi

Foto: «Protoday.uz»

O‘tgan hafta mobaynida birjaning onlayn auksionlari orqali 71 ta avtomobil raqam belgilari sotildi, deb xabar berdi O‘zRTXBning axborot portali.

Shulardan 56 tasini jismoniy shaxslar, 15 tasi yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. Davlat raqam belgilari sotuvidan tushgan umumiy summa 943 mln so‘mni tashkil qildi.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Samarqand avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlardagi ulushi 29 foizga yetdi. Keyingi o‘rinni Toshkent va Toshkent viloyati – 17 foizdan, so‘ng esa Farg‘ona va Namangan viloyatlari xaridorlari mos ravishda 14 va 13 foiz ulush bilan egalladilar. Qolgan viloyatlarning umumiy ulushi 27 foizni tashkil etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring