Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy terma jamoaning JCh-2022dagi ishtirokini ta’minlash dasturi tuziladi. Sizda ham takliflar bormi?

Milliy terma jamoaning JCh-2022dagi ishtirokini ta’minlash dasturi tuziladi. Sizda ham takliflar bormi?

Foto: «Eurosport»

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgani haqida ma’lum qilgan edik.

Loyihaga ko‘ra, barcha darajadagi futbol musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishning mavjud tizimini ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda takomillashtirish, sohadagi jiddiy muammolarni hal qilish va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalar qayd etilishiga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqish belgilangan.

Bu bo‘yicha Normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanadi.

Loyihada:

  • ilg‘or xorijiy tajriba asosida futbol sohasida yuqori malakali trener va sportchilarni tayyorlash, futbolchilar zaxirasini va terma jamoalarni shakllantirishning amaldagi tizimini tubdan takomillashtirish;
  • bolalar o‘rtasidagi futbolni rivojlantirishning amaldagi tizimini tanqidiy ko‘rib chiqib, futbol bo‘yicha yetakchi mamlakatlar tajribasini o‘rganish, yuqori malakali trener va mutaxassislarni jalb qilish;
  • chekka hududlarda futbol maydonlarini keng miqyosda qurishni tashkillashtirish;
  • futbol klublari va homiylariga soliq va boshqa imtiyozlarni yaratish;
  • futbol seleksionerligi (skauting) tizimini rivojlantirish;
  • milliy terma jamoaning Qatar mamlakatida 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etishini ta’minlash uchun chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash nazarda tutiladi.

Eslatib o‘tamiz, Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan va unda istalgan kishi o‘z izohlarini qoldirishi mumkin. Sizda ham takliflar bormi?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring