Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy universitet talabalari xalqaro olimpiadada 3ta oltinni qo‘lga kiritdi

Milliy universitet talabalari xalqaro olimpiadada 3ta oltinni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 26-31 oktyabr kunlari Urganch shahrida ilk marta matematika fani bo‘yicha al-Xorazmiy nomidagi  xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy universiteti matematika fakulteti talabalari 3ta oltin va 1ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonda ilk marta o‘tkazilgan ushbu olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Urganch davlat universiteti, O‘zbekiston matematiklar jamiyati tomonidan tashkil etildi.

Xalqaro olimpiadada yuzlab talaba-yoshlar o‘z bilimini sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi. Unda jahonning 20 dan ortiq davlatining 40 dan ortiq universitetlari hamda Respublikamizning 20 dan ortiq universitetlaridan 300dan ziyod talabasi qatnashdi. Ishtirokchilar orasida fundamental fanlar bo‘yicha kuchli rivojlangan Rossiya, Bolgariya, Armaniston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Eron kabi davlatlar vakillari bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring