Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy xavfsizlik xizmati institutida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi (video)

Milliy xavfsizlik xizmati institutida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi (video)

Foto: «Youtube»dan skrinshot

Milliy xavfsizlik xizmati institutida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, ochiq eshiklar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoyishiga muvofiq o‘tkazilgan.

Oliygohda tashkil etilgan ochiq eshiklar kuniga Toshkent shahridagi akademik litseylarning 200 nafardan ortiq o‘quvchilari, murabbiylari boshchiligida taklif etilgan.

Eslatib o‘tish kerak, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida Milliy xavfsizlik xizmati idoralari faoliyatini ham isloh qilish vaqti kelganini ta’kidlab o‘tgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring