Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Minglab harbiylar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qildi

Minglab harbiylar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Kecha, 6-yanvar kuni Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti shaxsiy tarkibi tomonidan 5 kilometrdan ortiqroq masofaga yugurish bo‘yicha «Vatanparvarlik aksiyasi» o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Aksiyada Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining barcha harbiy xizmatchilari, yoshlar va faxriylardan iborat 1,5 mingdan ortiq fuqaro qatnashdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Kichik marafon davomida uch avlod, ya’ni faxriy harbiylar, ofitser bo‘lish orzusida harbiy ta’lim muassasasida saboq olayotgan kursantlar yugurish aksiyasi mash’alasini qo‘ldan-qo‘lga o‘tkazib, finish chizig‘iga qadar olib bordilar.

Marafon so‘ngida turli yosh nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Azizbek Ikramov diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 yanvar kuni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi shaxsiy tarkibi tomonidan 5 kilometrlik masofaga «Yarim marafon» yugurish sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etilgan edi. Unda ham mingdan ortiq harbiylar ishtirok etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring