Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirjalol Qosimov O‘zbekiston terma jamoasi nega jahon chempionatiga chiqa olmaganini aytdi

Mirjalol Qosimov O‘zbekiston terma jamoasi nega jahon chempionatiga chiqa olmaganini aytdi

Foto: Sputnik

O‘zbekistonlik mashhur futbolchi, bugungi kunda «Bunyodkor» futbol klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov «Sputnik» muxbiri bilan suhbatda O‘zbekiston terma jamoasining mundial yo‘lidagi omadsizligi, kechagi va bugungi futbol, Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida kimga muxlislik qilishi haqida so‘zlab berdi.

— Sizningcha, O‘zbekiston terma jamoasiga mundialga chiqishi uchun nima yetishmadi?

— To‘g‘risini aytsam, bilmayman. Menimcha, omad yetishmadi. Jahon chempionatiga chiqishni barcha — ishqibozlar, butun xalqimiz, rahbariyat, futbolchilar va murabbiylar istagandi. Bu yilgi mundialga chiqish uchun imkoniyatlar bo‘ldi, harakat qilindi, ammo omad yetishmadi. Menimcha, har qanday ishda omad ham albatta yonma yon yurishi kerak.

Hamma narsa o‘tib bo‘ldi, endi ortga qaramasdan, kelajakka boqish kerak. Xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, keyingi chempionatga chiqish uchun tayyorgarlik ko‘rish kerak», — dedi Qosimov.

Izohlar 4

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring