Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirjalol Qosimov shogirdlari ham eplashdi

Mirjalol Qosimov shogirdlari ham eplashdi

Foto: «Sports.uz»

Avvalroq Toshkentning «Paxtakor» jamoasi o‘z maydonida Iroqning «Eyr Fors» jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempionlar ligasi saralashining keyingi bosqichiga yo‘l olgani haqida xabar bergandik.

O‘zbekistonning yana bir jamoasi — Olmaliqning OKMKasi ham OChLdagi yurishini davom ettiradigan bo‘ldi. Mirjalol Qosimov shogirdlari bugun Tojikistonning «Istiqlol» jamoasiga qarshi bahs o‘tkazib, 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Endi ular guruh bosqichi yo‘llanmasi uchun safarda Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

OKMK – «Istiqlol» 4:2

Gollar: Dilshod Jo‘rayev (25), San’at Shixov (72), Jasur Hakimov (78), Zafar Polvonov (82) – Muhammadjon Raximov (2), Jalil Kimsanov (62).

OKMK: Akbar To‘rayev, Mirjamol Qosimov (G‘ulomHaydar G‘ulomov, 68), Dilshod Jo‘rayev, San’at Shixov, Zafar Polvonov, Zohir Pirimov (Jasur Hakimov, 68), Jasur Hasanov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Saydullo Rahmatov, Sardor Rahmonov, Bobur Yuldashov.

«Istiqlol»: Nikola Stoshich, Baxtiyor Qalandarov (Jalil Kimsanov, 19), Iskandar Jalilov, Mixaylo Sakich, Alisher Jalilov, Muhammadjon Rahimov, Ehsoni Panshanbe, Fatxullo Fatxulloyev (Nozim Babajonov, 86), Ahtam Nazarov, Amirbek Jo‘raboyev (Kamron Tursunov, 80), 21.Oleksey Larin

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring