Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev qatnashadigan ShHT sammitida qanday masalalar ko‘riladi?

Mirziyoyev qatnashadigan ShHT sammitida qanday masalalar ko‘riladi?

Foto: Sputnik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 8-10-iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining Sindao shahrida o‘tadigan o‘n sakkizinchi majlisida ishtirok etadi.

O‘zAda yozilishicha, ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari ilk bor Hindiston va Pokistonning to‘la huquqli a’zo sifatidagi ishtirokida yig‘iladilar, tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalari hamda ko‘p tomonlama kooperatsiyaning boshqa jihatlarini muhokama qiladilar.

Davlat rahbarlarining majlisi yakunida Sindao deklaratsiyasi qabul qilinishi, Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, Uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha 2018-2022 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi, Yoshlarga qo‘shma murojaat va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Fikr almashuvlardan so‘ng 2018-2019-yillarda tashkilotga raislik qiladigan davlat to‘g‘risida qaror qabul qilish, keyingi uch yillik davrga ShHT bosh kotibi va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlash ko‘zda tutilmoqda.

Davlatimiz rahbari ShHT sammiti doirasida ikki tomonlama qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring