Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada ishtirokchilari yurtimizga tashrif buyurishmoqda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada ishtirokchilari yurtimizga tashrif buyurishmoqda

Foto:Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati

Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada ishtirokchilari yurtimizga tashrif buyurishmoqda.

Samarqand temir yo‘l vokzalida Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro olimpiada ishtirokchi va mehmonlarining dastlabki guruhi tantanali kutib olindi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Foto:Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati

Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalaridan tashrif buyurgan mehmonlar karnay-surnay sadolari ostida Xalq ta’limi vazirligi, Samarqand viloyat hokimligi va keng jamoatchilik ishtirokida samimiy kutib olindi.

Xalqaro olimpiada ishtirokchilari maxsus ajratilgan transportlarda «Registon-plaza» mehmonxonasiga borib joylashdilar.

Foto:Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati

Kun davomida ishtirokchilar uchun Samarqand shahrida muqaddas qadamjo va tarixiy obidalar bo‘ylab sayohat, madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkaziladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring