Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Misr prezidenti ertaga rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Misr prezidenti ertaga rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2018 yil 4-5 sentyabr kunlari Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdul Fattoh Said Husayn Xalil As-Sisi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar qilmoqda.

Oliy darajadagi uchrashuvlarda O‘zbekiston-Misr hamkorligini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish hamda mintaqaviy va hududiy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, O‘zbekiston va Misr o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, fan, ta’lim, madaniyat va sport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan salmoqli hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring