Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misr rossiyalik jurnalistlarga mamlakatdagi haqiqiy ahvolni ko‘rsatmoqchi

Misr rossiyalik jurnalistlarga mamlakatdagi haqiqiy ahvolni ko‘rsatmoqchi

Foto: «Komsomolskaya Pravda»

Misr hukumati Rossiyadagi bir guruh jurnalistlarni mamlakatdagi haqiqiy hayot tarzi bilan tanishtirish uchun mamlakatga taklif qilmoqchi. Bu haqda ikki davlat o‘rtasidagi ikki yillik tanaffusdan so‘ng davlatlar o‘rtasida aviaqatnovni qayta tiklashga bag‘ishlangan tadbirda ma’lum qilingan. Tadbirda Turizmni qo‘llab-quvvatlash markazi xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan, deya xabar bermoqda «TASS».

Misrda turli tashkilotlar mamlakat imijini rossiyalik turistlarga qayta-qayta ko‘z-ko‘z qilishiga to‘g‘ri keladi. «Rossiya reklama bozorida ehromlar davlatini to‘g‘ri namoyish etish uchun aloqa kanallarini o‘rnatish juda muhim, — dedi uchrashuvdan so‘ng turizmni rivojlantirish bo‘yicha departament rahbari Hisham ad-Damiriy. — Uchrashuvda Misrga qator yirik rus ommaviy axborot vositalarining vakillarini sayyohlik va arxeologiya ob’yektlariga tashrif buyurish imkoniyatlari muhokama qilindi».

Misr Turizm vazirligi aviaqatnovning qayta tiklanishi boshlanganidan so‘ng, bu yil taxminan ikki million rus sayyohlari kelishini taxmin qilmoqda. 2015-yil 31-oktabrda Sinayda rus samolyotining halokatga uchraganidan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasidagi barcha reyslar to‘xtatilgach, Misrga 10 oy davomida 2,8 million rossiyalik sayyoh tashrif buyurgan. Ushbu voqeadan bir yil oldin 3,1 million ruslar mehnat ta’tilini Misr kurortlarida dam olib o‘tkazgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring