Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misrda avtobus halokati natijasida 20 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Misrda avtobus halokati natijasida 20 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Misrning Asyut viloyatida avtobus va yuk mashinalarining to‘qnashuvi natijasida kamida 20 kishi halok bo‘ldi va yana uch kishi jarohat olgan. Bu haqda viloyatning Facebookdagi rasmiy sahifasiga asoslanib, RIA Novosti xabar qilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariya Asyut - Qizil dengiz yo‘lida sodir bo‘lgan.

Avtobus Qohiradan Soxag provinsiyasi tomon harakatlanayotgan bo‘lgan. Haydovchi yuk mashinasini quvib o‘tmoqchi bo‘lganida, avtomobillar to‘qnashib, natijada yong‘in sodir bo‘lgan. Jabrlanganlar eng yaqin kasalxonaga etkazilgan.

Asyut gubernatori Isam Saad voqea joyiga yetib borgan. 25 ta tez yordam va qutqaruv guruhlari halokat joyiga jalb etilgan. Hozirda yo‘nalish bo‘ylab mashinalar harakati tiklangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring