Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misrda yuk mashinasi 14 ta avtomobilni majaqlab tashladi. 16 kishi vafot etdi

Misrda yuk mashinasi 14 ta avtomobilni majaqlab tashladi. 16 kishi vafot etdi

Foto: «Yandex»

Misrning Giza provinsiyasi Es-Saff shahrida 10 dan ortiq avtomobil ishtirokida YTH natijasida 16 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 15 kishi jarohatlandi, deya xabar berdi «Sada el-Balad» telekanali.

Xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi kurash doirasida Misr hukumati tomonidan komendantlik soatlari joriy etilishi tufayli blokpostda to‘xtab turgan 14 ta avtomobilga yuk mashinasi katta tezlikda kelib urilgan.

Avvalroq Misr bosh vaziri Mustafo Madbuli koronavirusga qarshi kurash doirasida butun mamlakatda 19:00 dan 6:00 gacha komendantlik soati joriy etilganini ma’lum qilgandi. Bosh vazir tartibbuzarlar favqulodda vaziyatlar to‘g‘risidagi qonunga binoan jarimaga tortilishini aytgandi.

Misr yo‘l infratuzilmasi yomon holatda, deb yozadi «RIA Novosti». Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, avtohalokatlar tufayli Misrda har yili qariyb 12 ming kishi hayotdan ko‘z yumadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring