Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mixail Saakashvili Ukrainaga yo‘l olmoqchi

Mixail Saakashvili Ukrainaga yo‘l olmoqchi

Foto: «Nash» telekanali

Gruziyaning sobiq prezidenti va Ukrainaning Odessa oblasti sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukrainaga kirishiga qo‘yilgan ta’qiq olib tashlanishiga erishmoqchi.

Uning aytishicha, ta’qiqni olib tashlash bo‘yicha yuristi orqali Ukraina xavfsizlik xizmatiga murojaat qilgan. Saakashvili ushbu ta’qiqni noqonuniy, deb aytgan va o‘zini himoya qilish uchun sudga yetib borishini bildirgan.

«Men Ukrainaning qayta shakllanishida oddiy fuqaro sifatida ishtirok etishni istayman. Bu mamlakatni xuddi qadrdon Gruziyam singari yaxshi ko‘raman va meni undan quvib chiqarishlari adolatsizlikdir», — deydi Saakashvili.

Saakashvili mart oyida Ukrainaga borishni rejalashtirgan va 1 aprel sanasiga hatto chipta olib qo‘yganini bildirgan. U Petr Poroshenko saylovning ikkinchi turiga o‘ta olmasligini kutgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning may oyida Poroshenko Saakashvilini Odessa oblasti gubernatori etib tayinlagan edi. U bu lavozimda bir yarim yil faoliyat olib bordi.

Saakashvili keyinchalik muholifat safiga o‘tib, Poroshenkoni tanqid qila boshlagach, Ukraina fuqaroligidan mahrum qilindi. Shunga qaramay u 2017 yilning sentyabr oyida Ukrainaga kirib keldi va Poroshenkoning iste’fosini talab qildi. 2018 yilning fevral oyida Ukraina maxsus kuchlari Saakashvilini mamlakatdan kuch bilan chiqarib yubordi va 2021 yilga qadar Ukrainaga kelishi ta’qiqlab qo‘yildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring