Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mobicon 2018 konferensiyasi dasturi e’lon qilindi

Mobicon 2018 konferensiyasi dasturi e’lon qilindi

Mobicon 2018 tashkilotchilari, Toshkentda 11 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan konferensiyada ishtirok etuvchi spikerlar haqidagi dasturni rasmiy saytida chop etdi. Konferensiyada spikerlar chiqishlari ikkita parallel seksiyaga bo‘lingan va International Hotel Tashkent mehmonxonasining ikki anjumanlar zalida o‘tkaziladi.

Konferensiyaning ochilish marosimi 11 oktyabr kuni soat 09:30da boshlanib, soat 17:00da homiylar tomonidan o‘ynaladigan qimmatbaho sovg‘alar bilan yakunlanadi. 

Konferensiya eshiklari 08:30 dan ochilib, birinchi tashrif buyuruvchi mehmonlarni Mobicon 2018 ning bosh homiysi – Beeline Uzbekistan kompaniyasi tomonidan internet-sovg‘alar kutmoqda.

Joriy yilda Mobicon konferensiyasida Rossiya, Qozog‘iston, Belorussiya, Qirg‘iziston va Ozarbayjon kabi 6 davlatdan tashrif buyuruvchi spikerlar ishtirok etadi. Mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda «Mail.ru Group» xalqaro rivojlantirish direktori Aleksandr Korneyev (Rossiya), «Select Communication Group» rahbari Viktor Yeliseyev (Qozog‘iston), «Tech Farm» asoschisi va boshqaruvchisi Aman Tinteyev (Qirg‘iziston) va boshqalar ishtirok etishadi. Mobicon 2018 spikerlar jamoasi 20dan ortiq mutaxassislarni o‘zida jamlagan. Ularning batafsil ro‘yxati bilan konferensiyaning rasmiy sayti – Mobicon.uzning alohida bo‘limida tanishish mumkin. 

Tushlik tanaffusi vaqtida va konferensiya yakunida tinglovchilar konferensiya homiylari tomonidan o‘ynaladigan MEIZU smartfonlari va boshqa qimmatli sovg‘alarni yutib olishlari mumkin. 

Mobicon 2018 konferensiyasiga tashrif buyurish uchun konferensiya rasmiy Telegram-kanalida ro‘yxatdan o‘tish lozim. Tadbir boshlanishidan bir necha kun oldin konferensiyaga kirishda taqdim etiladigan elektron taklifnoma kanalda joylanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring