Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mobicon 2018da ilk marotaba «Veon Group» bosh ijrochi direktori Shell Morten ishtirok etadi

Mobicon 2018da ilk marotaba «Veon Group» bosh ijrochi direktori Shell Morten ishtirok etadi

11 oktyabrda, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Mobicon 2018 mobil konferensiyasi doirasida «Veon Group» bosh ijrochi direktori Shell Morten Yonsen ishtirok etadi. «Veon Group» – MDH, Osiyo va Afrika mamlakatlarida telekommunikatsion aktivlariga ega bo‘lgan yirik xolding kompaniyasi hisoblanadi.

Shell Morten Yonsen bundan avval – 2016 yildan 2018 yilgacha Rossiyaning «VimpelKom» kompaniyasi bosh direktori lavozimida ishlagan. Shu yilning iyulidan boshlab esa «VEON Group»ning bosh operatsion direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda. «VEON Ltd» kompaniyasi O‘zbekistonda «Unitel» hamda OOO «Buzton» (TM Beeline) kompaniyalariga egalik qiladi.

«O‘zbekiston iqtisodiyoti investitsiyalar uchun ochilmoqda. 4G katta shaharlardan chiqib, hududlarga kirib borayotganini ham ko‘ryapmiz. Bu albatta, internet tezligi hamda sifati bilan bog‘liq. Shuningdek, biz, iqtisodiyotning xalqaro munosabatlar bilan integratsiyalashyayotganini,  xalqaro savdo munosabatlari va yangi yo‘nalishlari rivojlanayotganini kuzatmoqdamiz. Bundan tashqari, raqamli iqtisod transformatsiyasiga ham guvoh bo‘lmoqdamiz», – deydi Shell Morten Yonsen.

Avval xabar qilganimizdek, «Mobicon 2018» konferensiyasida ishtirok etish uchun konferensiyaning rasmiy Telegram-kanalida ro‘yxatdan o‘tish lozim. Tadbir boshlanishidan bir necha kun oldin konferensiyaga kirishda beriladigan elektron taklifnoma kanalda joylanadi.

Konferensiya ochilish marosimi 11 oktyabr kuni soat 09:30 da boshlanib, soat 17:00 da homiylar tomonidan o‘ynaladigan qimmatbaho sovg‘alar bilan yakunlanadi. Konferensiya eshiklari 08:30 dan ochilib, birinchi tashrif buyuruvchi mexmonlarga «Beeline Uzbekistan» kompaniyasi tomonidan sovg‘alar taqdim qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring