Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moldaviya Rossiyaga IShID a’zosini topshirdi

Moldaviya Rossiyaga IShID a’zosini topshirdi

Foto: «RIA Novosti»

Rasmiy Kishinev Rossiyaga Nodir Davudovni topshirdi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga tayanib, TASS xabar tarqatdi.

Nodir Davudov IShID terrorchilik guruhiga aloqadorlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan edi. Rossiya maxsus xizmatiga ko‘ra, u Suriyadagi hukumat kuchlariga qarshi qurolli isyonlarda faol ishtirok etishdan tashqari internet orqali o‘zi voyaga yetgan Qabardin-Bolqor muxtor hududi fuqarolarini «jihod»ga faol targ‘ib qilib kelgan.

Rossiya maxsus xizmati tugayotgan yilda terrorchi guruhlarning yetmishtadan ko‘proq o‘choqlari borligi, ular asosan Rossiya va Markaziy Osiyo fuqarolarini «jihod tuzog‘i»ga tushirish bilan shug‘ullanib, bunga ma’lum darajada muvaffaq bo‘lishayotganini ta’kidlagan edi.

Shu paytdagacha o‘tkazilgan maxsus amaliyotlar natijasida guruhning 777 nafar a’zosi qo‘lga olingan. Ularning 36 nafari guruh yetakchilari hisoblanadi.                             

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring