Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiyaning yoshlar orkestri Moskvadagi xalqaro festivalda qatnashdi (foto)

Milliy gvardiyaning yoshlar orkestri Moskvadagi xalqaro festivalda qatnashdi (foto)

Foto: Milliy gvardiya matbuot xizmati

Rossiyaning Moskva shahrida turli millat va elat vakillarini jamlagan «Spasskaya bashnya» XII xalqaro harbiy musiqa festivali bo‘lib o‘tdi. Musiqiy festival doirasidagi yoshlar loyihasida bolalarga ham alohida e’tibor qaratilib, ularning ijod mahsullari keng namoyish etildi.

Bugungi kunga qadar «Spasskaya bashnya detyam» dasturida Rossiya Federatsiyasining turli viloyatlaridan tashrif buyurgan orkestr va musiqiy jamoalar ishtirok etganlar. Joriy yilda esa VI xalqaro festivalda rossiyalik 23ta musiqiy jamoalar bilan bir qatorda 3ta xorijiy orkestr, jumladan, O‘zbekiston Respublikasidan tashrif buyurgan orkestr o‘z ijro mahoratlarini namoyish etadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyining yoshlar damli cholg‘u orkestri Rossiya poytaxtining qoq markazidagi xalqaro sahnada mazkur festivalning badiiy rahbarlari Ye.Yu.Nikitin va V.A.Krilovalarning taklifiga binoan ilk marotaba ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Milliy gvardiya matbuot xizmati.

Ushbu orkestrning repertuaridan turli janrdagi 100dan ortiq asarlar, shu jumladan madhiyalar, marsh va fanfaralar, djaz kompozitsiyalari, xalq va hattoki mualliflik asarlari o‘rin olgan. Yoshlar orkestri bir qator xalqaro va respublika tanlovlarining laureati hisoblanadi.

Musiqiy jamoamiz turli janrdagi kompozitsiyalarni mahorat ila ijro etishlari bilan mahalliy va xorijiy ishtirokchilarning ham olqishlariga sazovor bo‘lishdi.

Ushbu festivalda Milliy gvardiyaning yoshlar orkestri ilk marotaba qatnashayotgan bo‘lsada, festivalning tashkilotchi mutaxassislari tomonidan yoshlarimiz iste’dodiga yuksak baho berildi. Tadbirlar yakunida festivalda ishtirok etgan har bir guruhga festival laureatlari diplomlari topshirildi.

Barcha chiqishlardan so‘ng, O‘zbekistonlik yoshlar orkestri uchun Moskva shahrining diqqatga sazovor joylari, Kreml saroyi, Aleksandr bog‘i, Moskva markaziy hayvonot bog‘i, shahar bo‘ylab sayohat, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiya qo‘shinlarining Mixail Sholoxov nomidagi Moskva Prezident kadet maktabining muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

Sayohat davomida «Vorobyovi gori» maydonida yoshlar damli cholg‘u orkestri ijrochilari Moskva shahrining mahalliy va xorijiy mehmonlari uchun kichik musiqiy dastur ijro etib berdilar. «Yalla» guruhining qo‘shiqlaridan poppuri, mashhur «Katyusha» va «G‘alaba kuni» harbiy qo‘shiqlarini o‘z ichiga olgan ushbu dastur 1000 ga yaqin tomoshabinlarni hayratda qoldira oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring