Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mo‘minjonov «Navbahor» futbolchilariga ikki to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘lish ko‘rsatmasini bergan

Mo‘minjonov «Navbahor» futbolchilariga ikki to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘lish ko‘rsatmasini bergan

Foto: «Navbahor» FK matbuot xizmati

Xabaringiz bor «Navbahor» klubi sobiq bosh murabbiy Ilhom Mo‘minjonov kelishilgan o‘yinlarni tashkil qilish va futbolchilardan ham shuni talab qilgani uchun besh yilga futbolga oid har qanday faoliyatdan chetlatilgan va 50 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilgan edi. Murabbiyning qing‘irliklari tafsiloti Uff.uz saytida keltirib o‘tildi.

Ma’lum bo‘lishicha, surishtiruvlar bu ishda totalizatorning roli kattaroq ekanini ko‘rsatgan. Ya’ni, Mo‘minjonov ikkita gol farqi bilan mag‘lub bo‘lish yuzasidan o‘z futbolchilariga ko‘rsatma bergan. Buni bir nechta futbolchilar tasdiqlashgan, deya ma’lum qilmoqda PFL xodimi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Mo‘minjonov fevral oyida «Aziz Turg‘unboyev ishi» bo‘yicha aybdor sifatida topilgan va bir yil muddatga futbolga oid faoliyatdan chetlatilgandi. Yaqinda murabbiyga nisbatan jazo choralari yana kuchaytirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring