Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mont Blanc» xususiy shifoxonasidagi bemorlar o‘limi yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi

«Mont Blanc» xususiy shifoxonasidagi bemorlar o‘limi yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura «Mont Blanc» xususiy shifoxonasidagi bemorlar o‘limi tafsilotlarini «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

I. 01.08.2019-yilda Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida joylashgan «Mont Blanc» xususiy shifoxonasida fuqaro U.Baxranovga burun qiyshiqlarini to‘g‘rilash yuzasidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganidan so‘ng, bemorning sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli, 20.08.2019-yilda Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan shifoxonaga yotqizilgan.

Biroq, unga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan U.Baxranov vafot etgan.

II. 15.08.2019-yilda Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi L.Apostolovaga «Mont Blanc» xususiy klinikasida tashqi burun deformatsiyasi va burun to‘sig‘i qiyshayishini to‘g‘rilash bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan hamda burun to‘sig‘i qiyshayishi to‘g‘rilangan.

Jarrohlik amaliyotidan so‘ng, bemor mustaqil nafas olishga o‘tkazilgan va unga antibakterial da’vo maqsadida «seftrakson» dori vositasi ichki qon tomiri orqali 1,0 ml. miqdorida yuborilgan.

Shundan so‘ng, bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan va chuqurlashtirilgan tekshirishlar o‘tkazish maqsadida RShTYoIMga olib borilgan.

19.08.2019-yilda markaz shifokorlari tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, L.Apostolova shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

III. 24.08.2019-yilda  «Mont Blanc» xususiy klinikasida fuqaro G.Sharifovaga burun sohasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazish vaqtida unga yuborilgan narkoz noto‘g‘ri ta’sir qilishi natijasida ahvoli og‘irlashgan.

Natijada shu kunning o‘zida bemorning uning yaqin qarindoshlari tomonidan  «Akfa medline» xususiy shifoxonasiga (klinik o‘lim holatida) olib kelingan.

26.08.2019-yilda shifokorlar tomonidan tibbiy muolajalar ko‘rsatilganligiga qaramasdan, G.Sharifova shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Bosh prokuraturada o‘rganilib, 12.11.2019-yilda JKning 116-moddasi 4-qismi «a,b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xabarga ko‘ra, hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha Shayxontohur tuman prokuraturasida dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, uning borishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Bundan tashqari, tuman prokuraturasi tomonidan yuqoridagi kabi holatlar kelgusida sodir etilishining oldini olish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vaziriligiga taqdimnoma kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring