Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskva shahri sobiq meri Yuriy Lujkov vafot etdi

Moskva shahri sobiq meri Yuriy Lujkov vafot etdi

Фото: «Ren TV»

Moskva shahri sobiq meri Yuriy Lujkov 84 yoshida olamdan o‘tdi, deb xabar berdi RT.

Yuriy Lujkov Myunxen (Germaniya)da vafot etgan, uning yuragini operatsiya qilishgan.

Yuriy Lujkov 1992—2010-yillar davomida Moskva shahri meri bo‘lgan.

2010-yili, Rossiyaning o‘sha paytdagi prezidenti Dmitriy Medvedev Lujkovni «ishonchni yo‘qotgani uchun» lavozimidan olgandi. Ko‘p o‘tmay yangi mer sifatida hozirgacha ishlab kelayotgan Sergey Sobyanin tayinlangandi.

Prezident Vladimir Putin 2016-yili Yuriy Lujkovni «Vatan oldidagi xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring