Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada Iosif Kobzon bilan vidolashuv marosimi o‘tkazilmoqda

Moskvada Iosif Kobzon bilan vidolashuv marosimi o‘tkazilmoqda

Foto: «esquire.ru»

Chaykovskiy nomidagi Moskva konsert zalida san’atkor va deputat Iosif Kobzon bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Xonandaning hamkasblari Kobzonning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirib, marhumning xotirasiga hurmat bajo keltirmoqda.

Aytilishicha, Kobzon onasining yoniga dafn etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Xalq artisti, Davlat dumasi deputati Iosif Kobzon 30 avgust kuni 81 yoshida uzoq davom etgan kasallik tufayli vafot etdi. U uch mingga yaqin qo‘shiqlar muallifi, Rossiya va MDH davlatlarining 20dan ziyod shaharlarining faxriy fuqarosi hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushi yillarida Kobzonning oilasi Ukrainadan O‘zbekistonga ko‘chib kelib, Yangiyo‘lda yashagan. Kobzon bu davrlarni o‘zi haqidagi intervyularda ko‘p bor yodga olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring