Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada migrantlardan olinadigan patent to‘lovi oshdi

Moskvada migrantlardan olinadigan patent to‘lovi oshdi

Moskva shahar dumasi deputatlari «Jismoniy shaxslarning mol-mulki solig‘i»to‘g‘risidagi  qonunga o‘zgartirishni imzoladilar. Unga ko‘ra xorijlik migrantlar uchun patent olish narxi 4,5 ming rubldan 5 ming rublgacha ko‘tarildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Mazkur o‘zgarish 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Avvalroq shahar meri Sergey Sobyanin shahar aholisining xotirjamligiga putur yetkazayotgan noqonuniy migratsiya muammosi barham topayotgani haqida xabar bergandi. Ushbu migrantlar bir yilda  12-14 milliard rubl miqdorida miqdorida soliq to‘lamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring