Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvadan Tailandga uchgan «Boeing» Toshkentga majburan qo‘ndi

Moskvadan Tailandga uchgan «Boeing» Toshkentga majburan qo‘ndi

Foto: «travelbelka.ru»

Kecha, 17-oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:30da «Moskva—Pxuket» (Tailand) yo‘nalishi bo‘yicha uchgan samolyot Toshkentda favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda «Novosti Tashkentskogo Neba» Telegram-kanali xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, «Nordwind Airlines» aviakompaniyasiga tegishli «Boeing 777-21B» samolyoti yo‘lovchilardan birining xatti-harakatlari sabab Toshkentga qo‘ngan.

Somolyot bortida janjal ko‘targan erkak mast holatda bo‘lgan. Ushbu yo‘lovchi huquq-tartibot organlariga topshirilgan va zaruriy jarayonlar yakunlangach, bort Pxuket yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent vaqti bilan 02:00 da uchib ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring