Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvaga jahon chempionati uchun 3 milliondan ziyod sayyoh kelgan

Moskvaga jahon chempionati uchun 3 milliondan ziyod sayyoh kelgan

Foto:«RIA Novosti-Sport»

Moskva shahri sport va turizm departamenti rahbari Nikolay Gulyayevning aytishicha, Moskvaga «JCh – 2018» munosabati bilan 3 milliondan ziyod sayyoh kelgan. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

«Moskva dunyoga mashhur shahar bo‘ldi. Shahrimizga 3 milliondan ziyod sayyoh keldi. Bu insonlar shahrimizda bir sutkadan ortiq mehmon bo‘lishgan. Bulardan 1,2 millioni chet el fuqarolari. Mehmonlar orasida xitoyliklar, AQSh, Germaniya, Niderlandiya va Fransiya fuqarolari ko‘pchilikni tashkil etadi», – degan Nikolay Gulyayev.

Moskva shahridagi «Lujniki» va «Spartak» stadionlarida 11 ta o‘yin o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, 15 iyul kuni futbol bo‘yicha jahon chempionatining final uchrashuvi Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda Xorvatiya va Fransiya terma jamoalari maydonga tushadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring