Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqanddagi motam, futbolni rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori, sobiq kollej direktorining sudi, xalqaro tizimga o‘tayotgan «UZCARD», YeChLda ingliz klublarining to‘qnashuvi va boshqa xabarlar

Samarqanddagi motam, futbolni rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori, sobiq kollej direktorining sudi, xalqaro tizimga o‘tayotgan «UZCARD», YeChLda ingliz klublarining to‘qnashuvi va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 16-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

O‘zbekiston Afg‘oniston muammosini hal qilishda o‘zining prinsipial pozitsiyasiga ega

O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga ko‘mak berishda tinchliksevar loyihalarni amalga oshirish, qo‘shni davlatning uzoq muddatli urushdan vayron bo‘lgan iqtisodiyotini tiklashda ishtirok etish orqali o‘z qat’iyatini namoyish qilib kelayapti.

Ta’lim

Bosh vazir Sharqshunoslik institutining yangi binosini ochib berdi

Mazkur institut binosi 2009-yilda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Ummon Sultonligiga tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi imzolangan bitimga binoan ushbu davlat ishtirokida bunyod etildi.

Jamiyat

Samarqandda yangilik: «Ezgulik kutubxonasi» haqida eshitdingizmi?

«Ezgulik kutubxonasi» ochilgach, buning eshiklari ham bo‘lmasa, qulflab qo‘yib bo‘lmasa, istagan odam kirib-chiqishi mumkin bo‘lsa, kechasi ahvoli nima bo‘lishi bilan qiziqdik.

Bosh prokuratura AQSh Maxfiy xizmati bilan hamkorlik qiladi

AQSh Maxfiy xizmatining doimiy vakili Deniz Feydner va O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi departament boshlig‘i Akmalxo‘ja Mavlonov ushbu hujjatni Toshkentda imzoladi.

Farg‘ona davlat universitetiga yangi rektor tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 1991-yil 1-martdagi qaroriga muvofiq, Farg‘ona pedagogika instituti negizida Farg‘ona davlat universiteti tashkil etilgan.

Matbuot — yolg‘onchilik minbarimi?

Oradan shuncha vaqt o‘tdi. Xo‘sh, «Namunaviy chiqindixona»da ishlar namunalidir? Boshqalarga namuna qilib ko‘rsatish uchun Toshkent mahallasiga yo‘l oldik.

Toshkent yuridik kolleji sobiq direktorining sudi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ham bu voqeaga e’tibor qaratib, kollej sobiq direktori Temirova ushbu holatga yo‘l qo‘ygani hamda juda ko‘p miqdorda kollej mablag‘larini o‘zlashtirish, mansabini suiiste’mol qilish kabi jinoyatlarni sodir etgani uchun bugun qonun oldida javob beryapti, deb qayd etgan.

Prezident tilga olgan sobiq kollej direktori 10 ga yaqin moddalar bilan ayblanmoqda

Mazkur jinoyat ishi doirasida Toshkent yuridik kollejida ish yurituvchi kotib hamda kadrlar bo‘limi inspektori bo‘lib ishlagan Abdulaziz Salimjonovga oid jinoyat ishi ham ko‘rib chiqilmoqda. U Jinoyat kodeksining uchta moddasi bilan ayblanmoqda.

O‘z joniga qasd qilish holatlari yuzasidan Prezident qarori imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 16 mart kuni «Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Toshkent shahar YHXB «Facebook»dagi guruhga murojaat qildi

«Facebook» ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi E.P. «Toshkent shahar IIBB rahbariyatining topshirig‘iga binoan YPX inspektorlariga daraxt va boshqa to‘siqlar ortida turib, yashirincha xizmat olib borish taqiqlandi, amalda-chi?», degan savol bilan murojaat qilib, ilovaga fotosurat joylashtirgan.

Qoraqalpog‘iston axborot agentligi Orol dengizining suvlari Kaspiyga oqib ketganini isbotlamoqchi

Yesimxon Qanaatovning aytishicha, agentlik tashabbusi bilan yaqin kunlarda Orol dengiziga yana bir marta mediatur tashkil etish maqsadida. Mazkur mediatur davomida Orol dengizi suvlarining Kaspiyga oqib ketganligini isbotlash asosiy maqsad qilib belgilangan.

«Milliy tiklanish» partiyasi jurnalist e’tirozlariga raddiya berdi

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portalida jurnalist Vohid Luqmon «Milliy tiklanish» partiyasi saylovoldi va’dasini qachon bajaradi?» sarlavhali maqolasida lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini isloh qilish bo‘yicha shaxsiy fikr-mulohazalarini bildirishga harakat qilgan.

Hodisa

Samarqandda ixtiyoriy-majburiy mehnatga jalb qilingan 23 yoshli o‘qituvchi halok bo‘ldi

Ma’lumotlarga qaraganda, marhuma endigina oliy o‘quv yurtini tamomlab, maktabda mehnat ta’limi fanidan dars bera boshlagan bo‘lgan.

Foto: «Xabar.uz»

Voqeani o‘rganish uchun borgan muxbirimiz eksklyuziv maqola tayyorlab keldi. Ertaga uni hukmingizga havola qilamiz.

Texnologiya

«iPhone X» uchun dunyodagi eng ixcham g‘ilof yaratildi

Mobil qurilmalar uchun g‘iloflar — bu himoya va dizaynni saqlab qolish o‘rtasidagi abadiy tafovut. Aksessuar ishlab chiqaruvchilar muntazam ravishda ular o‘rtasida bog‘liqlik yaratishga intiladi, biroq har doim ham buning uddasidan chiqa olmaydi.

Mark Rochman: «Menda O‘zbekistonga oid bitta yomon, bitta yaxshi xabar bor»

O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud, biroq mamlakat o‘z o‘rnini topishi kerak.

Amerikalik biznesmen: «UZCARD» orqali butun dunyodan xaridni amalga oshirish mumkin bo‘ladi»

Bu tizim nafaqat O‘zbekiston fuqarolariga internet orqali dunyoning turli onlayn do‘konlaridan mahsulotlar xarid qilish, xizmatlardan foydalanishi uchun, shu bilan birga, kelajakda turistlar O‘zbekistonga kelganlarida o‘zlarining shaxsiy kartochkalari orqali bu yerda istalgan do‘kondan narsa sotib olishi yoki xizmatlar haqini to‘lashlari uchun xizmat qiladi.

Sport

Rasman! Dostonbek Hamdamov «Anji»ga o‘tdi

Dostonbek Hamdamov 15-mart kuni «Anji»ning Rossiya chempionatida ishtirok etadigan qaydnomasidan joy olgan.

Qur’a tashlandi: «Roma» — «Barselona», «Sevilya» esa «Bavariya» sinovidan o‘tadi

Xabar berganimizdek, bugun Yevropa chempionlar ligasi chorak finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Futbolni rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori e’lon qilindi

Joylarda yosh iqtidorli va salohiyatli futbolchilarni tanlab olish (seleksiya) va ularni professional tarzda tayyorlash hamda milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalari hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshida Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi...

«Bunyodkor» stadioni milliy terma jamoa ixtiyoriga berildi

O‘zbek futbolining 105 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar uchun Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida zamonaviy futbol stadioni quriladi.

Futbol klublari majburiy to‘lov va soliqlardan ozod etildi

Yuridik shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlaridan daromad solig‘i summasi Assotsiatsiyaning hududiy bo‘limlari, O‘zbekiston professional futbol ligasi va professional futbol klublariga homiylik hamda xayriya qilinganda o‘n foizdan oshmagan miqdorda kamaytiriladi.

Dunyo

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Sanksiya ro‘yxatidan AQShdagi 2016-yilgi prezident sayloviga aralashishda ayblanayotgan 13 kishi va uchta kompaniya joy olgan.

Donald Trampning o‘g‘li rafiqasi bilan ajrashmoqda

Aytishlaricha, 40 yoshli Vanessa Tramp Manxetten sudiga ajrashish haqida ariza topshirgan. Ajrashish o‘zaro kelishuvga asoslanib, besh nafar farzand bilan bog‘liq katta huquqiy mojarolarga sabab bo‘lmaydi.

Tavsiya qilamiz

Talaba nimani yaxshi ko‘radi yoxud Avloniy uslubidagi oddiy mulohaza

Tolibi ilmlarimizning turish-turmushi juda qiziq. Avloniy bobomiz bir asr muqaddam qalamga olgan ushbu mavzuga kamina bugungi kun nigohi bilan razm solmoqqa harakat qildim. Hukmi o‘zingizga havola.  

Katta bo‘lsang, kim bo‘lasan?

Yoshligimdan qanday qilib prokuror bo‘lish haqida o‘ylay boshladim. Umrimda prokurorlarni ko‘rgan emas edim. Hind kinolaridagi prokurorlar bundan mustasno. Bizning qishlog‘imizdan prokuror chiqmagan. Men uchun prokuror Qorboboga o‘xshagan idealday gap edi. Bu maqsadga intilish men uchun faxrli bir ish edi.

Hojatbaror

Shuning uchun qanchalik qiyin bo‘lsa-da, yo‘limda davom etdim. Mashinada bilinmas ekan, qo‘shni qishloq velosipedda ancha yo‘l ekan. Rosa ter to‘kishga to‘g‘ri keldi. Pishnab qoldim, yuzimni sovuq ter bosdi. Ammo ortga qaytmadim.

Kampirim yo‘qolib qoldi

– Menga qara, ulim, – ovozini pasaytirdi Juma ota. – Bu... poytaxtdi boboylari sho‘x emasma ishqib? Bitta-ikkitasi moshinig‘a mindirib olg‘an bo‘lsa-ya! Murodov kuldi: – Yo‘g‘-yey, otaxon, bunaqamas! Ja rashkchi ekansiz-a!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring