Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jaloliddin Manguberdining Chingizxonga qarshi jangi sahnalashtirildi

Jaloliddin Manguberdining Chingizxonga qarshi jangi sahnalashtirildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Jizzax viloyatida joylashgan «Gandumtosh» qishlog‘ida «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!» shiori ostida festival bo‘lib o‘tdi. 10 mingga yaqin yoshlar ishtirok etgan festival doirasida Jaloliddin Manguberdining Chingizxonga qarshi o‘tkazgan janglaridan parchalar sahnalashtirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Xabar.uz»ga xabar berdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, Jizzax viloyat hokimligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur festivalda Vatan himoyasi yo‘lida ajdodlarimizning mardonavor kurashi moziyga sayohat ruhida ko‘rgazmali tarzda ochib berildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Zamonaviy harbiy texnika, qurol-aslahalar namoyishi, harbiy orkestr va badiiy havaskorlik guruhlarining konsert dasturi, «Temuriylar izdoshi» maktab tarbiyalanuvchilari, harbiy xizmatchilar, kinologiya va kavaleriya qo‘shinlarining ko‘rgazmali chiqishlari festival ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Festival davomida milliy sport o‘yinlaridan biri ko‘pkari ham tashkil etildi. Faol ishtirok etgan chavandozlar rag‘batlantirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring