Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muborak Ramazon oyining boshlanishi sanasi rasman tasdiqlandi

Muborak Ramazon oyining boshlanishi sanasi rasman tasdiqlandi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 11-mayda «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qaror matni «O‘zA»da e’lon qilindi.

Xalqimiz uchun ezgulik, saxovat, mehr-shafqat ramzi hisoblangan muborak Ramazon oyining ijtimoiy hayotimizda o‘zaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash borasidagi alohida o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan holda hamda muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyatini, uning tinchlik, bag‘rikenglik, shukronalik kabi olijanob g‘oyalarini keng targ‘ib etish, diniy-ma’rifiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida 2018-yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 17-may kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin, deyiladi qarorda.

Qarorda, shuningdek, hokimliklar va turli davlat idoralariga Ramazon oyini azaliy an’ana va qadriyatlarimiz ruhida har tomonlama munosib o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring