Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa vazirligi tizimida ham Konstitutsiyaning 26 yilligi keng nishonlanmoqda

Mudofaa vazirligi tizimida ham Konstitutsiyaning 26 yilligi keng nishonlanmoqda

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligi Mudofaa vazirligi tizimidagi barcha harbiy okruglar, harbiy qismlar hamda oliy harbiy ta’lim muassasalarida nishonlanmoqda.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar qilishicha, Farg‘ona viloyatida mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev bayram munosabati bilan barchani muborakbod etib, bir guruh harbiy xizmatchilarni vazirlik ko‘krak nishonlari, esdalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan taqdirladi. Ularning kelgusidagi xizmatlariga zafarlar tiladi.

Qurolli Kuchlar davlat muzeyida esa Mudofaa vazirligi faxriylari uchun bayram tadbiri tashkillashtirildi. Tadbir davomida yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faxriylarga Mudofaa vazirining ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Shuningdek, Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlariga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari o‘rtasida «Konstitutsiya – baxtimiz qomusi» mavzusida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari O‘roz Haydar hamda shoira Nilufar Umarova, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi, aktyor Isoq To‘rayev ishtirok etdi. Tadbir davomida bayram munosabati bilan bir qancha harbiy xizmatchilar rag‘batlantirildi. Bayram yakunida Qarshi garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri va viloyat san’atkorlarining konsert dasturlari namoyish etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring