Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhammad Alining dalahovlisi sotilayapti

Muhammad Alining dalahovlisi sotilayapti

Foto:«Sport - TUT.by»

Muhammad Alining AQShdagi 327 m2 dalahovlisi 2 million 895 ming 37 dollarga sotilayapti. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Dalahovli narxida ko‘rsatilgan 37 dollar mashhur bokschining navqiron davridagi 56 marta ringga chiqib, 37 marta g‘alaba qozonganining ramziy ma’nosidir.

Bokschining dalahovlisi Amerikaning Michigan shtatida joylashgan.

2016-yili 74 yoshida hayotdan ko‘z yumgan mashhur bokschi parkinson xastaligiga chalingan edi.

Muhammad Ali 1975-yili bir asrlik tarixga ega dalahovlini sotib olgan va keksalik gashtini o‘sha yerda surgan edi.

Dalahovlida 4 ta xona, oshxona, basseyn, sport majmuasi, garajlar, hovlilar hamda bitta ofis bor.

Bokschining mashg‘ulotlarga tayyorlanishi uchun ring maydoni, uning yonida sauna va massaj xonasi ham bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring