Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhtojlarga nogironlik aravachasi topshirildi

Muhtojlarga nogironlik aravachasi topshirildi

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi adliya organlari tomonidan fuqarolarning muammolarini hal etish maqsadida sayyor uchrashuvlar tashkil etilib, ularni qiynab kelayotgan masalalar o‘rganilmoqda.

Adliya boshqarmasi tomonidan Bo‘stonliq tumanida tashkil etilgan sayyor qabul natijalari bo‘yicha kam ta’minlangan oilalarga ko‘maklashish borasida viloyat «Ijtimoiy himoya» jamiyati bilan birgalikda tumandagi 14 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga joriy yilning 30 oktyabr kuni tegishli amaliy yordam ko‘rsatildi.

Jumladan, 4 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 3 nafar fuqaroga davolanish uchun 3 mln. so‘mdan pul mablag‘lari, 3 nafar fuqaroga zamonaviy tikuv mashinalari berildi hamda kam ta’minlangan oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 4 nafar fuqarolarga 4 mln. so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi.

Shu bilan birga, Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-apreldagi «Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rib borilmoqda.

Hozirgi kunda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha tuman hokimining 200 ga yaqin qarori qabul qilingan. Qarorlar asosida tayyorlangan kadastr hujjatlarining bir qismi 30-oktyabr kuni o‘z egalariga topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring