Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Muloqot.uz»ning «umri» tugadimi?

«Muloqot.uz»ning «umri» tugadimi?

Foto: «Simple.Uz»

Shu yilning 3-iyunidan «Muloqot.uz» ijtimoiy tarmog‘i o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bugun ma’muriyat tarmoqdan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarni bu haqda ogohlantirdi, deb yozmoqda «Infocom.uz».

Foydalanuvchilarga yuborilgan xabarda shunday yozilgan:

«Assalomu alaykum hurmatli foydalanuvchi. Sizga «Muloqot.uz» ijtimoiy tarmog‘i o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatishi haqida ma’lum qilamiz. «Muloqot.uz» ishining to‘xtatilishi 2018-yil 3-iyunda amalga oshiriladi. Shaxsiy profilingizdagi kerakli ma’lumotlarni (foto, video, yozishmalar, kontaktlar ro‘yxati, musiqa pleylisti va hok.) olib qo‘yish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishingizni so‘raymiz. Sayt ma’muriyati «Muloqot.uz» loyihasidagi faol ishtirokingiz uchun minnatdorchilik bildiradi».

Nashrning qayd etishicha, «Muloqot.uz» ijtimoiy tarmog‘i «Simple Networking Solutions» MChJ tomonidan 2011-yilning 19-avgustida taqdim qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring