Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Murad Buildings» aholiga kerak binoni o‘z hisobidan qurib beradi

«Murad Buildings» aholiga kerak binoni o‘z hisobidan qurib beradi

Toshkent shahar Yunusobod tumani 8-daxasida joylashgan 17, 18, 19 va 20-sonli ko‘p qavatli uylar orasida «Murad Buildings» kompaniyasi tomonidan 1,23 ga yer maydonida ko‘p qavatli turar-joy qurilishi boshlanishi bo‘yicha ushbu xududda yashovchi aholidan kelib tushayotgan murojaatlar Toshkent shahar hokimi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Toshkent shahar hokimligi saytida yozilishicha, «Murad Buildings» kompaniyasi rahbari Murod Nazarov ushbu holat bo‘yicha Toshkent shahar hokimi bilan telefon orqali muloqotdan so‘ng, qurilish ishlarini to‘xtatdi va shu hududda yashovchi aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan binoni o‘z hisobidan qurib berishga va mahalla fuqarolar yig‘iniga topshirishga rozi ekanligini bildirdi.

Hokimlik rasmiy saytida yozilishicha, Murod Nazarov o‘zining harakati bilan haqiqiy tadbirkor qanday bo‘lishi kerakligini va tom ma’noda mardlik namunasini ko‘rsatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring