Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mustahkam kuzov. «Toyota» avariyaga uchragan «Camry»ni namoyishga qo‘ydi (foto)

Mustahkam kuzov. «Toyota» avariyaga uchragan «Camry»ni namoyishga qo‘ydi (foto)

Foto: «Motor»

«Toyota» kompaniyasining Arizona shtatidagi dilerlik markazi shou-rumida ikkita yuk mashinasi bilan YTHga uchragan «Camry» sedani namoyishga qo‘yildi. Mazkur avtomobilda kompaniya xodimi harakatlanayotgan bo‘lgan va unga hech qanday jarohat yetmagan, deb xabar beradi «Motor».

Foto: «Motor»

«Facebook»dagi sahifasiga yozishicha, avtomobilni Ramon Suares boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Aeroportga ketishda yuk mashinasi katta tezlikda uning orqasidan kelib urgan, natijada avtomobil oldinda ketayotgan boshqa bir yuk mashinasiga borib urilgan.

Zarba qanchalik kuchli bo‘lmasin, sedanning eshiklari hamon ochilmoqda.

Foto: «Motor»

«Toyota of Surprise» bosh menejeri Lyuis Goldshteynning so‘zlariga qaraganda, marka vakillari YTHga uchragan avtomobilni olib tashlashni maslahat bergan, biroq u avtomobil naqadar xavfsiz ekanligini mijozlarga ko‘rsatib qo‘yish uchun bu fikrga qo‘shilmagan.

«Toyota Camry» TNGA modul arxitekturasi asosida qurilgan so‘nggi avlod avtosi hisoblanadi. Sedan kuzovi yuqori mustahkamlikka ega po‘latdan ishlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring