Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining muzeyi uchun ashyolar qabul qilinadi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining muzeyi uchun ashyolar qabul qilinadi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari.

Foto: «Islom.uz»

«Hilol» nashriyot-matbaasi hamda «Islom.uz» portali O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning zabardast olim, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining muzeyini tashkil qilish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasidan kelib chiqqan holda olimning hayoti va ilmiy faoliyatiga oid quyidagi materiallarni qabul qiladi:

Videotasvirlar.

Fotosuratlar.

Kitob, gazeta va jurnallardagi maqolalar. Shayx hazratlarining o‘zlari yozgan maqolalar yoki u kishiga bag‘ishlangan asarlar. Yuborilgan asarlarning asli yoki nusxasida nashrning nomi, sanasi va boshqa ma’lumotlar bo‘lsa ayni muddao bo‘ladi.

Qo‘lyozmalar. Shayx hazratlarining o‘z qo‘llari bilan yozilgan va ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘lyozmalar, maktublar, hujjatlar va hokazo.

Esdaliklar. Shayx hazratlari bilan bog‘liq bo‘lgan, u zotning din yo‘lida, Vatan yo‘lidagi xizmatlarini aks ettiruvchi muhim voqealar haqidagi esdaliklarni qo‘lyozma, kompyuterda terilgan matn hamda video yoki ovozli yozuv shaklida yuborishingiz mumkin.

Eslatma: Videotasvir va fotosuratlarning olingan yili, sanasi, manzili va shu bilan bog‘liq voqealar, ismlar imkon qadar izohlangan bo‘lsa ayni muddao bo‘ladi.

Material egalari ularni muzeyga topshirishni istamasa, nusxasini yuborishlari ham mumkin.

Ushbu e’lon bo‘yicha hamda shayx hazratlarining muzeyini tashkil qilish bo‘yicha barcha taklif va fikr-mulohazalarni quyidagi manzilga yuborish mumkin: muzey@islom.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring