Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MXXning tugatilishi, ishdan olingan amaldorlar, futbol bo‘yicha yangi qaror, «Ucell»ning hiylasi, korrupsiyaga bog‘langan to‘yona va boshqa xabarlar

MXXning tugatilishi, ishdan olingan amaldorlar, futbol bo‘yicha yangi qaror, «Ucell»ning hiylasi, korrupsiyaga bog‘langan to‘yona va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 14-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyadagi prezident saylovini kuzatgani boradi

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov delegatsiyaning boshqa a’zolari bilan birga MDH va ShHT kuzatuvchilari missiyalari tarkibida saylovda ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev Germaniya kanslerini tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 14-mart kuni Angela Merkelni uning Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri lavozimiga saylangani munosabati bilan tabrikladi.

Milliy xavfsizlik xizmatining nomi o‘zgardi

Xizmat faoliyati uning vakolatlarini qat’iy belgilab beruvchi qonunchilik bazasini yaratish, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi turishning zamonaviy uslublarini joriy etish, yangicha asosda ishlaydigan tashkiliy tuzilmani yaratish, tashkilot saflariga qobiliyatli va vatanparvar yoshlarni jalb qilishni nazarda tutadigan kadrlar tanlash tizimini yaratish, harbiy xizmatchilar ijtimoiy himoyasi va turmush tarzini yaxshilash singarilar negiziga...

MXX tarixda qoldi. Davlat xavfsizlik xizmati undan nimasi bilan farq qiladi? (video)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda qayta ishlash tavsiya etildi.

Davlat xavfsizlik xizmatining bayrog‘i va gerbi bilan tanishing

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining bayrog‘i va emblemasi namunalari ham tasdiqlangan edi. Bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Xizmat raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Ta’lim

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida yangi sirtqi bo‘lim ochiladi

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktoriga, zarur hollarda, Filialning va Markazning tuzilmalariga xodimlarning tasdiqlangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi doirasida o‘zgartishlar kiritish huquqi berildi.

Insholar tanlovida qatnashib, noutbuk, planshet va smartfon yutib oling!

Respublika maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Men yosh iste’molchiman» mavzusidagi respublika insholar ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

Huquq

Apostil haqida nimalarni bilamiz?

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi qarori 1-ilovasiga asosan «Apostil qo‘yish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlangan va amaliyotga joriy qilingan. Xo‘sh, apostil va apostil qo‘yish deganda nimalar tushuniladi?

Bolani farzandlikka olish tartibi qanday?

Agar bola o‘n yoshga to‘lgan bo‘lsa, farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi. Oila kodeksining 156-moddasida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Bugungi kunda bir bola uchun kamida 129180 so‘m aliment to‘lanadi

— Men bitta farzandim uchun ish haqimning 25 foizi miqdorida aliment to‘lab kelmoqdaman. Oilaviy ahvolimiz og‘ir. Otam 72 yoshda, kasal. Onam 63 yoshda, har kuni bittadan «Benzonal» tabletkasini ichadi. Aslida bu dorini bir kunda uch mahal ichishi kerak. Ammo imkonimiz yo‘q. Xorijga ishga borsam qancha aliment to‘layman? Yoki bekorchi hisobida...

Farzandingizni bog‘chaga joylashtirmoqchimisiz?

Bolalar bog‘chaga Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi beradigan yo‘llanma asosida qabul qilinadi. Komissiya haftaning seshanba va juma kunlari fuqarolarni qabul qiladi.

Ishsizlar uchun bepul maslahatlar

Har bir fuqaro o‘z ixtiyoriga ko‘ra ish joyi tanlash va tanlagan ish joyi bo‘lmish tashkilot va muassasasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish yoki hech qanday to‘lovlarsiz yordam beruvchi Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar xizmatidan foydalanish huquqiga ega.

Mikrokredit kimga qancha beriladi?

Banklarda qarz oluvchilarga ta’minot turlaridan birini talab qilmasdan blankli (ishonchli) kredit berish huquqi mavjud.

Jamiyat

Hamyonbop, zamonaviy va sifatli uy: uning shakli, maydoni qancha?

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun injiniring kompaniyasi tomonidan tanlangan yer massivlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar har yili 1-iyungacha mahalliy ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali mahalliy aholi, tadbirkorlar hamda manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar e’tiboriga yetkazilishi shart.

Tanasidan 16 dona igna topilgan bola sog‘ayib, uyiga qaytdi

Azizbekning onasi farzandining bezovtaligi, injiqligidan xavotirga tushib o‘zi yashayotgan hududdagi tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Dastlabki tekshiruvlarda uning tomog‘i shishgani, isitmasi borligi tufayli shamollash tashxisi qo‘yilgan. Biroq bolaning ahvoli o‘nglanavermagach, unda rentgen tekshiruvi o‘tkazilgan va tanasida igna borligi ma’lum bo‘lgan.

So‘mni olib kirish va olib chiqish tartiblari o‘zgardi

Ruxsatnoma — qat’iy hisobdagi blanka bo‘lib, «Davlat belgisi» DIChBda tayyorlanadi va zarur darajada himoyalangan bo‘ladi. Har bir blanka bir xil seriya va tartib raqamiga ega 2 nusxadan iborat bo‘ladi: birinchisi ariza beruvchiga topshiriladi, ikkinchisi esa bosh boshqarmada qoladi.

Video. «To‘yona — bu pora»

Sessiyada to‘ylardagi ortiqcha dabdababozlik va xarajatlarning oldini olish bo‘yicha turlicha fikrlar, takliflar va tanqidlar aytildi. Xususan, XPK raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev to‘yonaga ham alohida e’tibor berib, to‘ylarda beriladigan ushbu hadyani poraga tenglashtirdi.

Tojikistondan vizasiz kelish sanasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi PQ–3604-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2018-yil 9-mart kuni imzolangan fuqarolarning o‘zaro safarlari to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda bir qator mansabdorlar lavozimidan ozod etildi

Shavkat Mirziyoyev 14-mart kuni qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish va sohani zamonaviy texnika bilan ta’minlash borasidagi ishlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa

Ko‘lga gul otgan kelin-kuyov ta’sirli voqeaga guvoh bo‘lishdi (video)

O‘tgan yili Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi Labinsk shahridan o‘tgan Laba ko‘li ustidagi ko‘prikda g‘aroyib voqea sodir bo‘ldi. Yosh kelinlar an’anaga ko‘ra to‘y oldidan ko‘prik ustiga to‘xtadilar va ko‘lga gul otmoqchi bo‘ladilar.

Texnologiya

Vaqt tarixi va qora tuynuklar tadqiqotchisi Stiven Xoking vafot etdi

Stiven Hoking o‘tgan asrning 60-yillarida, 20 yoshligidayoq murakkab asab kasalligi bilan asta-sekin to‘shakka mixlanib qola boshlagan. Ammo shunga qaramay u koinot va tabiat sirlarini o‘rganishda faol davom etgan va 1988-yilda «Vaqtning qisqa tarixi» asarini yozib tugallagan.

Sherzod Shermatov: «Energetika sohasidagi o‘zgarishlarsiz «aqlli shaharlar», «qulay investitsiya muhiti yaratish» va hokazolar haqidagi so‘zlar quruq gap bo‘lib qoladi»

Energetikani rivojlantirish sohasidagi innovatsion g‘oyalarsiz, mamlakat rahbariyati tomonidan ilgari surilayotgan modernizatsiya bo‘yicha barcha istiqbolli rejalarni amalga oshirib bo‘lmaydi.

«Ucell»ning abonentlarga Navro‘z «sovg‘asi»

Har bir kompaniya narx siyosatini o‘zi belgilaydi. Abonent o‘ziga ma’qul kompaniyani tanlab, uning xizmatlaridan foydalanadi. Bu bozor qoidasi. Ammo hech bo‘lmaganda, millionlab mijozlarga narxlar o‘zgarishini boricha, aniq va lo‘nda yetkazsa bo‘lmaydimi?

Sport

Kanada futbol bo‘yicha JCh mezbonligi uchun kurashga qo‘shildi

Kanada hukumati 2026-yilgi Jahon chempionatini AQSh va Meksika bilan birga qabul qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.

Shavkat Mirziyoyev futbolni rivojlantirish bo‘yicha qarorni imzoladi

Fransiya futbol federatsiyasi Prezidenti mahkamasi boshlig‘i janob Kenni Jan Mari va Texnik direktor o‘rinbosari Lyudovik Debryu O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. Milliy olimpiya qo‘mitasida fransiyalik yuqori martabali mehmonlarni Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov qabul qilishdi.

Dunyo

AQShda osmono‘par binoni portlatishdi (video)

Amerikaliklar tadbirkor xalq: detonatorning tugmasini bosish huquqi 15 ming dollarga sotildi va tushgan pullar yetim bolalar uchun xayriya qilindi.

Angela Merkel Germaniya kansleri lavozimiga tasdiqlandi

Kanslerni tayinlash marosimi Berlinda, Belvyu saroyidagi prezident rezidensiyasida bo‘lib o‘tdi.

Tavsiya qilamiz

Stop kadr. O‘z vaqtida olingan suratlar

Zo‘r kadr, ajoyib surat olish uchun qandaydir vaqtni kutish yoki ma’lum tajriba kerakdek tuyuladi. Aslida buning uchun professional fotosuratchi bo‘lish ham shart emas. Shunchaki o‘z vaqtida, o‘z joyida kamerani ishlatish kifoya.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring