Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sehrli tayoqcha» «Manchester Yunayted»ga yangi bosh murabbiy bo‘ldi

«Sehrli tayoqcha» «Manchester Yunayted»ga yangi bosh murabbiy bo‘ldi

Foto: «Global Look Press»

«Manchester Yunayted» klubi o‘z rasmiy saytida jamoaning sobiq futbolchisi Ole-Gunnar Sulsherni yangi bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi. 45 yoshli norvegiyalik mutaxassis bilan mavsum oxirigacha kelishuvga erishilgan.

Sulsher «MY» safida 1996-yildan 2007-yilgacha to‘p surgan. Muxlislar uni zaxiradan maydonga tushib, gol uruvchi «sehrli tayoqcha» sifatida yaxshi eslashadi. U «MY» safida 126 ta gol urgan. Olti bor Angliya chempionligi, bir marta YChL g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Ole-Gunnar Sulsher bugunga qadar Norvegiyaning «Molde» klubini boshqarib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, «MY» kecha, 18-dekabr kuni Joze Mourinoni bosh murabbiylikdan bo‘shatgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring