Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namangan hokimi Xayrullo Bozorov hududda IT-Park filiali qurilishini o‘z zimmasiga oldi

Namangan hokimi Xayrullo Bozorov hududda IT-Park filiali qurilishini o‘z zimmasiga oldi

Foto: «it-park.uz»

2020-yilning 20-fevral kuni, IT-Park direktori Farhod Ibragimov rahbarligi delegatsiya Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va hokimlik vakillari bilan uchrashdi.

Foto: «it-park.uz»

Mazkur tashrif doirasida IT-Park delegatsiyasi filial qurilishi uchun ajratilgan hudud, mahalliy infratuzilma, bosh plan, texnik ko‘rik va boshqa loyihaga doir hujjatlar bilan tanishib chiqdi. Shuningdek, Namanganda quriladigan bo‘lajak IT-Park filialining konsepsiyasi taqdim etildi.

Qurilishning birinchi bosqichida 5800 kv.metrga teng maydon foydalanishga topshiriladi.

Foto: «it-park.uz»

«Xabar.uz» manbasining ma’lum qilishicha, Namangan hokimi Xayrullo Bozorov hududda IT-Park filiali qurilishini hokimiyat to‘liq o‘z zimmasiga olishini ma’lum qilgan. Filial qurib bitkazilgach, 2 mingdan ortiq yoshlar ish bilan ta’minlanishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring