Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namangan hokimining sobiq o‘rinbosari YTHda vafot etdi

Namangan hokimining sobiq o‘rinbosari YTHda vafot etdi

Foto: Viloyat hokimligi axborot xizmati

Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Manzuraxon Azizova yo‘l-transporti hodisasi natijasida vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, avtohalokat 2020-yilning 14-yanvar kuni yuz bergan.

Manzuraxon Azizova 40 yil mobaynida Namangan viloyatida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan.

2008-yilda Uchqo‘rg‘on tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, 2009-2015-yillarda Namangan viloyat hokimi o‘rinbosari — Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan.

2017-yildan buyon esa Uchqo‘rg‘on tumanidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika bosh vrachi lavozimida ishlab kelayotgan bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring