Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda yaqindagina qurilgan ko‘prik sinib ketdi

Namanganda yaqindagina qurilgan ko‘prik sinib ketdi

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Namangan shahrida yaqinda qurib bitkazilgan ko‘prik sinib ketgani fotolari tarmoqda tarqaldi. 

«Bu ko‘prik yaqinda qurib bitkazilgandi. Viloyat hokimi ko‘zdan kechirish uchun o‘zi borgandi. Uzunligi 37 metr bo‘lib, Namangan shahridagi «O‘n bir Ahmad»  ziyoratgohi yaqinidan oqib o‘tuvchi kanal ustiga qurilgandi. Hozir u shunday holga kelib qoldi» - deya yozadi bloger Zafar Solijonov.

Viloyat hokimligi hozircha voqeaga izoh berganicha yo‘q. 

Bir necha oy avval Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent va Andijon viloyatlarida barpo qilingan jami 26 ta ko‘prikning tayanchlari kritik holatga kelib qolganini ma’lum qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring