Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Namanganda Asakadagidan qolishmaydigan avtomobil zavodi quriladi»

Shavkat Mirziyoyev: «Namanganda Asakadagidan qolishmaydigan avtomobil zavodi quriladi»

Foto: «President.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Norin tumani hokimligida viloyat faollari, hokimlar, sektorlar rahbarlari hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Davlat rahbari o‘z ma’ruzasida balandparvoz gaplardan, quruq va’zxonliklardan tiyilgan holda bor gaplardan gapirish, ochiq yuzma-yuz muloqot qilish, muammolarni o‘rtaga tashlash, ularni birgalikda xal etish yuzasidan gapirib, viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish mamlakatimizdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan bir necha barobar pastligi, ayrim tumanlarda sanoat korxonalari umuman yo‘qligini o‘rinli tanqid ostiga oldi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholiga daromad manbalari yaratish, xususan, qariyb oltish ming ish o‘rni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilganini ma’lum qildi. Prezident Namanganni rivojlantirish haqida gapirar ekan, Asakadagidan qolishmaydigan avtomobil zavodi qurish taklifini o‘rtaga tashladi. Bu haqda «Namnews.uz» portali xabar berdi.

Mamlakatimiz yetakchisi Norindaryodan samarali foydalanish maqsadida 200 dan ziyod suv havzalari tashkil etib, ularda noyob baliqlarni parvarishlab, aholiga yetkazilsa, go‘sht arzonlashiga munosib hissa bo‘lishini alohida ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Namanganda Xitoyning «Foton Motor» shirkati bilan hamkorlikda «FOTON» rusumli o‘rta hajmli Xitoy yuk avtomobillari ishlab chiqarish loyihasi boshlangani haqida xabar bergan edik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring